Soğliqni saqlaş vazirining tegişli buyruğiga asosan yuridik şaxslar tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilaş tartibi qöpol ravişda buzilsa, ularga nisbattan qat'iy jazo qöllaş va hatto litsenziyasini bekor qiliş közda tutilgan.
Şu kunga qadar, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamentiga 873ta murojaat kelib tuşgan. Ular içida 255 dorixonadagi narx-navolarda qonunbuzarlik holati kuzatilgani sababli ularning faoliyati 10 kun muddatga töxtatib qöyilgan.
Bundan taşqari, 615ta dorixonalarga nisbatan ularning faoliyatini töxtatiş va xöjalik sudiga yuboriş böyiça qarorlar qabul qilingan.
Soğliqni saqlaş vaziri birinçi öribosari qayd etişiça, dorixonalar faoliyati yuzasidan olib borilayotgan profilaktika işlari öz samarasini beradi.
Iste'molçilarda mamlakatdagi mavjud dorixonalardagi dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifati va narxi bilan boğliq bölgan masalalar böyiça hal etilmagan muammo, ariza, şikoyat yoki takliflar bölsa, Soğliqni saqlaş vazirligining uşbu yönalişda taşkil qilingan (0371) 242-84-16 raqamli Işonç telefoni orqali murojaat qilişlari mumkin. Har bir murojaat Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan körib çiqiladi, nazoratga olinadi va qonun doirasida hal etiladi.












