20:18 / 23.03.2017
10243

2016 yili Toshkentda 2018 nafar ayol 1613ta jinoyat sodir etdi

23 mart kuni Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasida profilaktika kuni munosabati bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ayollar o‘rtasida jinoyat sodir etish hollari biroz ko‘paygani qayd etildi. Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev shu haqda statistika ma'lumotlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Unga ko‘ra, 2016 yil mobaynida shahar hududida 2018 nafar ayol tomonidan jami 1613ta turli darajadagi jinoyat (ayrimlari ayollar guruhlari tomonidan) sodir etilgan. O‘tgan yilning dastlabki ikki oyi mobaynida 122 nafar ayol 137ta jinoyatni sodir etgan bo‘lsa, 2017 yilning yanvar-fevral oyi mobaynida 122 nafar ayol 147ta jinoyatga qo‘l urgan. Shunga binoan, o‘tgan yil bilan taqqoslaganda, shaharda ayollar tomonidan jinoyat sodir etish holati 10taga ko‘paygan. 

Top