18:39 / 23.03.2017
41162

Toshkentda fohishalik bilan shug‘ullangan 32 nafar ayolga ma'muriy ta'sir choralari ko‘rildi

Toshkent shahrida 16 martdan 23 martgacha fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish, fohishalik bilan shug‘ullanish, jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste'mol qilinishini oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilgan. Buning natijasida: 11ta fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish jinoyatlari aniqlanib, Jinoyat kodeksining 131-moddasi, ya'ni fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilindi. 

Fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan 32 nafar va jamoat joylarida spirtli ichimlik iste'mol qilgan 528 nafar shaxslarga nisbatan ma'muriy ta'sir choralari ko‘rildi.

Top