19:27 / 23.03.2017
7618

Trampning o‘g‘li London hokimini tanqid qildi

AQSh prezidentining o‘g‘li kichik Donald Tramp London hokimi Sodiq Xonga Britaniya poytaxtida yuz bergan hujumdan so‘ng avvalgi bayonotlarini eslatgani tufayli tanqid ostiga olindi. Bu haqda The Guardian yozmoqda.

Trampning kichik o‘g‘li Independent nashrida 2016 yilning sentabrida e'lon qilingan maqolaga ilova bergan, unda Xonning teraktlar “katta shahardagi hayotning bir qismi” ekani haqidagi so‘zlari iqtibos keltirilgan.

“Siz hazillashmoqdamisiz?!”, - deya yozgan kichik Tramp nashrning “London hokimi Sodiq Xonning aytishicha, terrorchilik hujumlari katta shahardagi hayotning bir qismidir” degan so‘zlariga ishora qilib.

Nashrning yozishicha, kichik Tramp bu izoh yarim yil avval e'lon qilingani yuzasidan aniq ma'lumotga ega bo‘lmagan bo‘lishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, Xon bunday bayonot bilan Nyu-Yorkdagi hodisalarga izoh bergan, o‘shanda 26 kishi jarohat olgandi.

Mavzuga oid
Top