Jahon | 20:21 / 23.03.2017
6781
1 daqiqa o‘qiladi

WikiLeaks MRBga tegishli navbatdagi maxfiy hujjatlarni chop etdi

WikiLeaks sayti Vault 7 nomi ostidagi, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasiga tegishli bo‘lgan hujjatlarning yangi paketini chop etdi.

Sayt xodimlarining ma'lum qilishicha, Dark Matter deb belgilangan paketda Apple kompaniyasining qurilmalarini buzib kirish va zararlash usullari bayon qilingan hujjatlarni o‘z ichiga oladi. 

WikiLeaks MRB hujjatlarining birinchi qismini 7 mart kuni chop etgandi. U MRBning Lenglidagi bosh qarorgohida joylashgan kiberrazvedka markazining ichki tarmog‘ida saqlangan 9 mingta hujjat va fayllardan iborat bo‘lgan. Sayt o‘shanda bu chop etilgan ma'lumotlar umumiy hujjatlarning bor-yo‘g‘i 1 foizdan kamrog‘ini tashkil qilishini ma'lum qilgandi. MRBda ushbu ma'lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlashdan bosh tortilgandi. Biroq OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ma'lumotlarning sizib chiqib ketishi bo‘yicha federal darajada tergov boshlangan. 

Mavzuga oid