16:37 / 24.03.2017
5561

Yamanda arab koalitsiyasi ikki ming maktabni vayronaga aylantirdi

Foto: AFP

Yamanda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi 2 mingdan ortiq maktabni vayronaga aylantirdi. Bu haqda RIA Novosti Yaman ta'lim vazirligining axborot bo‘limi direktori Ismoil Zeydanga asosan xabar berdi.

Mart oyi oxirida koalitsiyaning Yamanda amaliyot boshlaganiga ikki yil to‘ladi. Ar Riyod va uning ittifoqchilari 2015 yilda fuqarolik mojarosiga prezident Abd Rabbu Mansur Hodi hukumatini shia isyonchi-husiylari bilan qarama-qarshilikda qo‘llab-quvvatlash maqsadida aralashishgan edi.

"Saudiyaning ta'lim muassasalariga qarshi tajovuzkorligi natijasida ta'lim jarayoniga yetkazilgan zarar miqdori 2306 maktab va boshqa ta'lim muassasalariga teng bo‘ldi, ular qisman yoki to‘la vayron etilgan", - deya ma'lum qildi Zeydan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zarar qiymati 400 mln AQSh dollariga teng. Qo‘shimcha qilinishicha, harbiy harakatlar oqibatida o‘nlab o‘qituvchi va o‘quvchilar qurbon bo‘lgan.

BMT Yamanda qurolli mojaro tufayli og‘ir gumanitar vaziyat yuzaga kelgani haqida ko‘p bora ma'lum qildi. Uning ma'lumotiga ko‘ra, mamlakat aholisining uchdan ikki qismi – taxminan 17 million inson ochlikdan aziyat chekmoqda.

Mavzuga oid
Top