Avstraliya bosh vaziri mamlakat AQSh va Xitoydan qaysi birini tanlashi haqida gapirdi
Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull o‘z mamlakati Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasida siyosiy tanlovni amalga oshirishi kerakligi haqidagi g‘oyani noto‘g‘ri deya atadi.
"Vashington avvaldan bizning kuchli ittifoqchimiz, Pekin esa – yaxshi do‘stimiz hisoblanadi", - deya ma'lum qildi Ternbull Kanberraga tashrif bilan kelgan XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan bilan qo‘shma matbuot anjumanida chiqish qilib.
"AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar dunyo barqarorligi, xavfsizligi va farovonligi uchun juda muhim sanaladi, - deya ta'kidlab o‘tdi Avstraliya hukumati rahbari. – Biz ushbu davlatlar bilan juda mustahkam aloqalarga ega ekanimiz hamda ular turlicha ko‘rinishga egaligi juda ijobiy rolga ega. Shuning uchun biz tanlov oldida qolganimiz yo‘q, biz ko‘p qutbli dunyoda yashamoqdamiz hamda har bir mamlakat uning barqaror rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shishi lozim".
XXR Davlat kengashi bosh vaziri avstraliyalik hamkasbi fikriga qo‘shilgan hamda “Xitoy-Avstraliya hamkorligi boshqa davlat hamda mintaqalarga foyda keltirishi va uchinchi mamlakatlarga qarshi qaratilmaganini” ma'lum qildi.
2015 yilning dekabrida Xitoy va Avstraliya erkin savdo haqidagi kelishuvga erishdi. Xitoy Avstraliyaning eng yirik savdo sherigi sanaladi – o‘tgan yilda savdolar hajmi 150 milliard dollarga yetdi, bu esa uning AQSh va Yaponiya kabi yirik sheriklari bilan o‘zaro savdo hajmidan ko‘proq degani.
Ternbullning xabar berishicha, mamlakatlar iqtisodiy hamkorlikni faol ravishda davom ettirish niyatida.
Avstraliya bosh vazirining aniqlik kiritishicha, ular nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy aloqalarni ham muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda: o‘tgan yili Avstraliyaga 1,2 million xitoylik sayyoh kelgan bo‘lsa, Xitoyga 450 mingdan ortiq avstraliyalik tashrif buyurdi.
"Biz shuningdek xavfsizlik muammolari bo‘yicha yuqori darajada muloqot boshlash haqida e'lon qilmoqdamiz, u birinchi navbatda, kiberxavfsizlik, xalqaro jinoyatchilik va terrorizm bilan kurashga qaratilgan bo‘ladi", - deya xabar berdi u.
Mavzuga oid
22:30
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024