08:53 / 24.03.2017
6023

Braziliya Urugvayni yirik hisobda taslim etdi

Braziliya terma jamoasi JCh-2018 Janubiy Amerika saralash bosqichi 13-turida Urugvayni mag‘lubiyatga uchratdi. Montevideodagi «Sentenario» stadionida kechgan bahs mehmonlar foydasiga 4:1 hisobida yakunlandi.

Edinson Kavani uchrashuvning 9-daqiqasidayoq penaltini aniq amalga oshirib, Urugvayni oldinga olib chiqdi. Paulino 19-daqiqada hisobni tenglashtirdi, ikkinchi taym boshlarida esa yana bir to‘p kiritib braziliyaliklarni oldinga olib chiqdi. Neymar 74-daqiqada mehmonlarning uchinchi to‘piga mualliflik qildi. Paulino esa 92-daqiqada het-trik qayd etib, uchrashuvga nuqta qo‘yib berdi.

Braziliya 30 ochko jamg‘ardi va saralash musobaqasi jadvalida yetakchilik qilmoqda. Urugvay (23 ochko) ikkinchi o‘rinda.

Urugvay – Braziliya 1:4 (1:1, 0:3)

Gollar: 1:0 – 9, penalti Kavani, 1:1 – 19 Paulino, 1:2 – 52 Paulino, 1:3 –74 Neymar, 1:4 - 90 Paulino.
Urugvay - Silva, Godin, Silva, Koates, Pereyra, Rodriges, Arevalo, Vesino, Sanches (Ernandes, 77), Rolan (Stuani, 58), Kavani.
Braziliya - Alisson, Dani Alves, Markinos, Marselo, Miranda, Paulino, Renato Augusto (Fernandino, 82), Koutino (Villian, 86), Kazemiro, Firmino (Diyego Souza, 89), Neymar.
Ogohlantirish: Pereyra (35), Kazemiro (45), Marselo (57), Dani Alves (61), Godin (65), Koates (71).

Top