01:28 / 24.03.2017
3914

Liviya sohillari yaqinida muhojirlar ketayotgan ikkita qayiq cho‘kib ketdi

O‘rta yer dengizida Liviya sohillari yaqinida muhojirlar ketayotgan ikkita qayiq cho‘kib ketgan. Buning oqibatida ularning bortidagi kamida 250 kishi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda "Frans Press" axborot agentligi. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, qutqaruvchilar Liviya sohillaridan 24 km uzoqlikda ikkita qisman cho‘kkan rezina qayiqlarni aniqlashgan. Ayni vaqtda suvdan 5 kishining jasadi chiqarib olingan. 

Mavzuga oid
Top