23:29 / 24.03.2017
19178

Londondagi terakt ijrochisi fotosurati chop etildi

London politsiyasi Londonda sodir etilgan terakt ijrochisi Xolid Masudning fotosuratini chop etdi.

Metropolitan Police Service

Suratda soqolli, sochsiz boshli erkak tasvirlangan. 

Politsiyada Masud avval Adrian Elms va Adrian Rassel Ajao nomlari bilan ham ma'lum bo‘lgani aytildi.

Avvalroq ma'lum qilingandek, Londondagi terakt ijrochisi hujumni sodir etishdan bir daqiqa avval telefonidagi Whatsapp messenjeridan foydalangan.

Mavzuga oid
Top