13:58 / 24.03.2017
13223

Sirdaryoda hokim o‘rinbosarlariga “Neksiya” mashinalari topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida ijtimoiy masalalarni rivojlantirishga katta o‘rin berilgan.

Bu barcha shahar va tumanlar hokimlarining ijtimoiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi o‘rinbosarlari zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi. Shu munosabat bilan faolligi, tashabbuskorligini oshirish maqsadida ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xizmat mashinalari ajratildi.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, Navro‘z umumxalq bayrami tantanalari doirasida tumanlar va shaharlar hokimlarining ijtimoiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi o‘rinbosarlariga “Neksiya” xizmat mashinalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan.

Viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev xizmat mashinalari kalitlarini tantanali ravishda topshirar ekan, soha mutaxassislari ishlariga rivoj va omad tilagan.

Top