O‘zbekiston va Xitoy ikki tomonlama savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi
O‘zbekiston va Xitoy 2020 yilgacha ikki tomonlama savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Toshkentda boshlangan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining beshinchi yig‘ilishi davomida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev tomonidan ma'lum qilingan.
U o‘tgan yilda o‘zaro savdo hajmi qisqarganini qayd etib o‘tgan. Vazirning ishonch bildirishicha, ikki davlat kelgusida mahsulot ayirboshlash hajmini oshirish salohiyatiga ega va yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 10 milliard dollargacha yetkazish mumkin bo‘ladi. G‘aniyevning hisoblashicha, tomonlar buning uchun tegishli chora-tadbirlarni ko‘rishi kerak bo‘ladi.
Muzokaralar davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsion, moliyaviy-texnik va transport-kommunikatsiya sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish muhimligini qayd etishdi.
Xitoy delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida iqtisodiyotning turli yo‘nalishlaridagi hamkorlikning ulkan salohiyatga ega ekanligini ta'kidladi va O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra tomonlar kelgusida ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan qator amaliy loyiha va takliflarni ko‘rib chiqishni rejalashtirishdi. Temir yo‘l transporti, energetika, neft-gaz sohasi va O‘zbekistonda infratuzilmaviy obektlarni qurishga Xitoy kompaniyalarini jalb etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Ma'lumot uchun, Xitoy O‘zbekistonning yirik savdo hamkorlaridan hisoblanadi. 2016 yil yakunlariga ko‘ra mamlakatlar o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash hajmi 4,2 milliard dollardan oshgan. O‘zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokida 704 korxona faoliyat yuritmoqda. Shundan 88tasi to‘liq ravishda xorij kapitali asosida. Bundan tashqari, respublikada Xitoyning 73ta kompaniyasi vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
14:26 / 12.05.2023
«Tuya go‘shti yegan» pulli yo‘llar, abgor bo‘layotgan trassalar: o‘zbekistonliklar sifatli yo‘llarni qachon ko‘radi?
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023