11:11 / 25.03.2017
6199

"Barselona" prezidenti Pochettino bilan uchrashdi

"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu "Tottenhem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan uchrashdi. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri ma'lum qildi. 

Ba'zi OAV buni klub Pochettinoni bosh murabbiy lavozimida ko‘rmoqchi ekani bilan bog‘lagan. Avvalroq Pochettino "Barselona" bosh murabbiyi bo‘lish uchun asosiy da'vogarlar ro‘yxatida ekani ma'lum qilingandi. 

Kataloniyaliklarning amaldagi bosh murabbiyi Luis Enrike mavsum so‘ngida o‘z lavozimini tark etishga qaror qilgan. 

Top