Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishmasida barpo etilgan yangi ko‘prik qachon ochiladi

Arxiv foto / Kun.uz
Ma'lumki, Toshkent metropolitenining Novza metro bekati chorrahasidagi yangi avtomobil ko‘prigi qurilayotgani, uning ochilish sanasi ortga surilgani haqida avval ham xabar qilingan edi. Yangi olti qatorlik yo‘l o‘tkazgich uzunligi 900 metrni, eni 24 metrni tashkil etadi. Unga parallel ravishda ikkita, har biri 131,6 metrlik piyodalar uchun mo‘ljallangan tomi yopiq yer usti ko‘prigi ham barpo etildi. Piyodalarga qulaylik sifatida ularga eskalator va lift ham o‘rnatiladi.

Ayni vaqtda, ta'kidlash joizki, ko‘prikda va uning yon-atrofida barcha ishlar bajarib bo‘linganini ko‘rish mumkin. Faqat, obodonlashtirish xodimlari so‘nggi tozalash ishlarini amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, ko‘prikning qachon foydalanishga topshirilishi masalasi hamon ochiq qolmoqda. Bu haqda turli gap-so‘zlar ham mavjud. Turli OAV shahar ma'muriyati vakiliga asoslangan holda, uning kelasi haftada ochilishini aytmoqda. Biroq, davlatimiz rahbari 25 mart kuni tushdan so‘ng ushbu hududda bajarilgan ishlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishi haqida xabarlar ham yo‘q emas.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri va mehmonlari, shuningdek, ko‘prik tevarak atrofida istiqomat qiluvchi aholiga xizmat qiluvchi ko‘prikni foydalanishga topshirish muddati 21 mart – Navro‘z kuniga belgilangan edi. Biroq, bayramdan bir necha kun avval ko‘prik bayramda ochilmasligi aniq bo‘lib ulgurdi. Nima bo‘lganda ham barcha uchun birdek foydali bo‘lgan inshootning xalqimizga xizmat qilishini boshlashiga juda oz fursat qoldi. Buning uchun biroz sabr bilan kutish kifoya qiladi.

Shu o‘rinda ta'kidlash lozim, hozircha, ko‘prikning ochilish muddatiga doir biror rasmiy xabar mavjud emas.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijon xalqaro aeroportida aerodrom rekonstruksiyasining birinchi bosqichi yakunlandi
O‘zbekiston | 16:16
-
O‘zbekiston Rossiya bilan JSTga a’zolik yo‘lidagi “hal etilmagan masalalar”ni muhokama qildi
Iqtisodiyot | 16:14
-
Bundesver o‘zining birinchi hududiy mudofaa bo‘linmasini tashkil qildi
Jahon | 15:32
-
Germaniyaning Ukrainaga yordami 3 milliard yevroga oshiriladi
Jahon | 15:27
Mavzuga oid

20:15 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?

16:30 / 13.03.2025
Toshkentga tramvayni qaytarish bo‘yicha yana bir “yo‘l xaritasi” imzolandi

14:39 / 13.03.2025
Toshkentda uch bolasi bilan tilanchilik qilib yurgan ayol qo‘lga olindi

21:27 / 12.03.2025