00:56 / 25.03.2017
14891

Eronda 130 avtomobil to‘qnashib ketdi

Kuchli tuman Eronning shimoli-sharqiy qismida, Mashhad va Nishopur shaharlari o‘rtasidagi avtomobil yo‘lida 130 ta avtomobilning o‘zaro to‘qnashishiga olib keldi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar bermoqda. 

IRINN telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida 59 kishi jarohat olgan, kichik yoshli bir bola halok bo‘lgan. Yo‘lda ko‘p kilometrlik tirbandlik yuzaga kelgan. Politsiya haydovchilarga Sabzevar va Guchan shaharlari orqali aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan.  

Eronda 21 mart kuni yangi yil – Navro‘z kirib kelishi munosabati bilan ta'tillar boshlanib, bu vaqtda yo‘llarda qatnov jadallashadi. Ko‘plab eronliklar dam olish kunlari Mashhadga yo‘l oladilar. Bu yerda shialarning muqaddas qadamjosi – imom Rizoning (Muhammad payg‘ambarimizning (s.a.v.) 7-avlodi vakili) maqbarasi joylashgan.

 

Top