12:54 / 25.03.2017
5144

Ukraina sobiq moliya vaziri Puerto-Riko iqtisodiyoti bilan shug‘ullanishga qaror qildi

Ukraina sobiq moliya vaziri Natalya Yaresko Puerto-Rikoga jo‘nab ketdi. U bu davlat iqtisodiyotini yiliga 625 ming dollar evaziga tiklashga harakat qiladi. Bu haqda Associated Press mamlakatdagi moliyaviy vaziyat ustidan nazorat qilish bo‘yicha Kengash rahbari Xose Karrionga asosan xabar berdi.

Ukraina moliya vaziri lavozimida 2014-2016 yillar davomida ishlagan Yaresko o‘tgan yili AQSh kongressi tomonidan tashkil etilgan Kengashning ijrochi direktor lavozimini egallaydi.

Karrionning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada uch yil avval vaziyat falokatli edi, biroq Yaresko mamlakatda islohotlar o‘tkazdi hamda ular “iqtisodiyotni tiklashga xizmat qildi” va unga sarmoyadorlarni qaytardi. “Bu bugun Puerto-Rikoga kerak bo‘lgan narsaning aynan o‘zi”, - deya ma'lum qildi u.

Karrionning ta'kidlashicha, Yareskoning ish haqi iqtisodiy inqiroz botqog‘iga botib qolgan mamlakatda norozilik keltirib chiqarishi mumkin. Ba'zilar Kengash qarorini tanqid qilib chiqishga ham ulgurishdi.

Xususan, Puerto-Riko Xalq-demokratik partiyasi yetakchisi Xektor Ferrer bu qarorni qoralab chiqqan. “Inson bir necha yil ichida oddiy puerto-rikoliklar hisobidan millionerga aylanishi juda achinarli”, - deya uning so‘zlarini keltirgan mahalliy El Nuevo Dia gazetasi.

Yareskoning o‘zi esa Facebook’da Puerto-Rikoga moliyaviy barqarorlikni qaytirishi haqida bong urgan.

Mavzuga oid
Top