20:18 / 26.03.2017
8261

Bayden: AQSh prezidenti bo‘lishga ko‘proq men loyiq edim

AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Baydenning fikricha, agar u AQSh prezidenti saylovlarida ishtirok etganda Donald Trampni mag‘lub etgan bo‘lardi. Bu haqda The Hill nashri xabar bermoqda

"Men prezidentlikka nomzodimni qo‘yishni rejalashtirgandim va o‘tgan praymeriz juda og‘ir bo‘lgan bo‘lsa ham, men uni yutishim mumkin edi", deb aytdi Bayden Nyu-York shtatidagi Gamilton shahrida joylashgan Kolgeyt universitetidagi nutqida.

Uning aytishicha, agar Demokratlar partiyasi uning nomzodini ilgari surganda unda saylovlarda yutish uchun yetarlicha asos bor edi.

"Men prezident emasligimdan afsusdamanmi? Ha. Men bu lavozimga hammadan ham loyiqroq edim", deb aytgan Bayden.

Bayden kasalmand bo‘lgan va keyinchalik saratondan vafot etgan o‘g‘li Bo bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish zaruriyati sababli prezidentlik saylovlarida ishtirok etmaslikka qaror qilgandi.

Mavzuga oid
Top