20:15 / 27.03.2017
6223

Abdulaziz Komilov Parijga yo‘l oldi: Kun tartibida siyosatchilar va biznesmenlar bilan uchrashuvlar

28-29 mart kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rasmiy tashrif bilan Fransiya Respublikasida bo‘ladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Tashrif davomida Parij shahrida Fransiya Tashqi ishlar va xalqaro tarqaqqiyot vaziri Jan-Marko Ero, Fransiya taraqqiyot agentligi va Frantsuz korxonalari harakati “MEDEF” rahbariyati bilan muzokaralar olib borish hamda Markaziy Osiyo davlatlari va Fransiya Tashqi ishlar vazirligi uchrashuvida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid
Top