Dmitriy Medvedev ommaviy norozilik namoyishlari vaqtida nima bilan mashg‘ul bo‘lganini aytdi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev yakshanba kuni kechqurun dam olish kuni qanday o‘tganini aytdi. Yakshanba kuni butun Rossiya bo‘ylab korrupsiyaga qarshi kurashish shiorlari ostida aksiyalar o‘tkazildi. Medvedev bilan bog‘liq boyliklar va ko‘plab ko‘chmas mulk obektlari haqidagi surishtiruv bunga sabab bo‘ldi.
Medvedev "Instagram"da @ispiridonoff nikli foydalanuvchining "Salom! Kuningiz qanday o‘tdi?" deb bergan savoliga "Yomonmas, chang‘i uchdim", — deya javob bergan.
Bosh vazirga savolni uning akkauntida e'lon qilingan so‘nggi fotosurat ostida berishgan. "Bahor ayyomi bilan, qadrli ayollar! Baxt va muhabbat tilayman!" yozuvi bilan bir dasta lolalar suratini bosh vazir 8 mart — xalqaro ayollar kunida joylashtirgan edi.
Foydalanuvchi @ispiridonoff sahifasida esa Perm shahrida o‘tkazilgan aksilkoruuptsiya namoyishlari suratlari joylashtirilgan.
26 mart, yakshanba kuni Rossiyada muxolifatchi Aleksey Navalniy chaqiriqlariga binoan korrupsiyaga qarshi kurashish shiori ostida norozilik aksiyalari o‘tkazildi. Poytaxt Moskvada Tver ko‘chasiga yig‘ilgan namoyishchilar sonini politsiya 8 ming kishi deya baholagan. Muxolifat 25-30 ming kishi haqida aytib o‘tgan.
Mavzuga oid
15:32 / 08.08.2024
Rossiya sobiq prezidenti: Operatsiya endi boshqa narsalar qatori «Kiyevni egallash»ni ham o‘z ichiga olishi kerak
20:11 / 02.08.2024
Medvedev Moldovaga «Ukraina taqdiri bilan» tahdid qildi
21:20 / 10.07.2024
Medvedev Ukraina bilan sulh tuzilgach, Ukrainani to‘liq egallab olishga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
23:01 / 07.06.2024