O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalarni tegishincha Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar etib qayta tashkil etilishi belgilab qo‘yildi.
Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish;
- davlat organlari va tashkilotlarning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini ularning samaradorligini, yaqindan hamkorligi va ish uyg‘unligini ta'minlash maqsadida muvofiqlashtirish;
- voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida ko‘rilayotgan choralarni baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish;
- tizimli kamchiliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish hamda ularni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish yo‘li bilan bartaraf etish;
- davlat organlari va tashkilotlarning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shuningdek huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga imkoniyat yaratayotgan shart-sharoitlarni aniqlashdagi o‘zaro hamkorligini yaxshilash yuzasidan choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid ma'lumotni to‘plash, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda tegishli organlar va muassasalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ulardan foydalanish;
- hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
- Tuman (shahar) komissiyalari zimmasiga quyidagi voyaga yetmaganlar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish yuklandi:







