16:44 / 27.03.2017
14716

Kuyov to‘yga kelmagan mehmonlarni sudga bermoqchi bo‘ldi

Ozarboyjonda kuyov to‘yga kelmagan mehmonlarni sudga bermoqchi. Bu haqida advokat Vugar Safaralining ma'lumotiga asoslanib, Vesti.Az xabar berdi.

"Ozarboyjonda g‘ayrioddiy sud tortishuvi boshlanishi kutilmoqda. Advokat Vugar Safaralining ma'lum qilishicha, o‘z ismini oshkor qilishni istamagan kimsa advokatga to‘yga taklif qilingan, lekin unga tashrif buyurmagan mehmonlarni sudga bermoqchi ekanligini aytgan", - deya xabar beradi agentlik. 

Xabarda ta'kidlanishicha, bunday murojaatni qondirishning iloji yo‘q. "Shunday bo‘lgan taqdirda, so‘nggi paytlarda Ozarboyjonda to‘y o‘tkazishga biznes sifatida qarayotganlar ko‘payib borayotganini tan olishga to‘g‘ri keladi", - deydi advokat. 

Mavzuga oid
Top