12:55 / 27.03.2017
4532

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi ishdan haydaldi

Danni Blind Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan bo‘shatildi. U JCh-2018 saralash bosqichining Bolgariya bilan o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng ishdan haydaldi, deb xabar bermoqda KNVB sayti.

Sofiyadagi «Vasil Levski» stadionida kechgan bahs mezbonlar foydasiga 2:0 hisobida yakunlandi. Fred Grim Niderlaniya termasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi.

«Biz to‘g‘ri yo‘lda edik. Bolgariyadan qabul qilib olingan mag‘lubiyat – mening aybim. Afsuski, hammasi shunday yakun topdi», - dedi Blind.

Ma'lumot uchun, 55 yoshli Blind Niderlandiya terma jamoasini 2015 yildan beri boshqarib kelayotgandi. Jamoa saralashning 5 uchrashuvida 7 ochko jamg‘arib, A guruhida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Top