22:02 / 28.03.2017
3536

Nukusda «Profilaktika kuni»: 42 ta mayda talon-tarojlikning oldi olindi

Nukus shahar IIB huzuridagi tumanlararo Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan o‘tkazilayotgan «Profilaktika kuni» tadbirlarining natijalari haqida Nukus shahar IIB huzuridagi tumanlararo Qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘ining texnika bo‘yicha o‘rinbosari mayor A. Arziyev jurnalist Furqat Yusupovga ma'lum qildi.

Haftaning payshanba kunlari o‘tkazilayotgan «Profilaktika kuni»da Nukus shahar IIB huzuridagi tumanlararo Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan Nukus shahar «Bereket» MFYda fuqarolar ishtirokida ushrashuv tashkillashtirildi. Xususan, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash yuzasidan, yuqori o‘quv o‘rinlari, kollej, litseylar, do‘kon, internet klub, paynet shoxobchalari va boshqa pul aylanmasi bilan bog‘liq obektlar, korxona, tashkilotlar hamda fuqarolar xonadonlarini qo‘riqqa olish va video kuzatuv kameralari, «tashvish» xabar moslamalari o‘rnatildi. 

Olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida, qo‘riqlash xizmatiga tadbir boshidan hozirgi kunga qadar 19 ta obekt va 5 ta fuqaro xonodoni qo‘riqqa olindi hamda xalq xo‘jaligi obektlarida 42 ta mayda talon-tarojlik sodir etilishi holatlari aniqlanib, 803 ming 556 sumlik moddiy-tovar boyliklari mulk egalariga qaytarildi va mayda o‘g‘irliklarni sodir etgan shaxslarga ma'muriy tartibda jami 4 million 313 ming 522 so‘m jarima solindi.

Mavzuga oid
Top