17:24 / 28.03.2017
5935

Senat Rossiya bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni ratifikatsiya qildi 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bugun O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikni (MTH) rivojlantirish bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya Moskvada 2016 yilning 29 noyabr kuni harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish va 2017 yil uchun mudofaa vazirliklari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik Rejasi to‘g‘risida bitim imzolashgandi.

Shartnoma maqsadi harbiy-texnikaviy sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan iborat.

Tomonlar shartnoma doirasida harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni, jumladan qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, ishlar, xizmatlar, intellektual faoliyat natijalari, ularga bo‘lgan huquqlarni hamda harbiy-texnik sohadagi ma'lumotni yetkazib berishi mumkin.

Shuningdek tomonlar qurol-yarog‘lar hamda harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash bo‘yicha hamda harbiy-texnik yordamni ko‘rsatish bo‘yicha ishni amalga oshirish niyatidalar.

O‘zbekiston va RF shuningdek harbiy mahsulotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, ta'mirlash, modernizatsiya qilish va foydalanish bo‘yicha qo‘shma korxona hamda ishlab chiqarishni yaratishi mumkin.

Top