Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Jizzax viloyatiga yangi prokuror tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017 yil 27 martdagi buyrug‘iga muvofiq 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Azimjon Ergashev Urdushevich O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, Jizzax viloyati prokurori etib 5 yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay'ati raisi etib tasdiqlandi”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq Samarqand hamda Buxoro viloyatlariga ham yangi prokurorlar tayinlangani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
19:17 / 15.02.2026
Misr kompaniyasi Jizzaxda ikkita shakar zavodi quradi
17:50 / 03.02.2026
Yangi Jizzax shahri quriladi
20:38 / 30.01.2026
Jizzaxda turizm majmualari tashkil etiladi, Arnasoy aeroporti kengaytiriladi
10:15 / 13.01.2026