19:48 / 29.03.2017
4256

Britaniyaliklarning yarmi Brexit boshlangandan mamnun bo‘lmoqda

Foto: RIA

Britaniyaliklarning yarmi Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi jarayoni boshlangandan xursand bo‘lmoqdalar. Bundan Sky News telekanali tomondan 29 martda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari darak bermoqda.

29 mart kuni Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish jarayonini rasman boshladi. U Yevropa kengashi rahbari Donald Tuskga bu haqdagi tegishli bildirish xatini o‘z vakili orqali topshirdi.

"Bizning bugungi kundagi so‘rovnomamiz Brexit boshlangandan har ikkinchi britaniyalik xursand ekanligini, 36 foiz britaniyaliklar o‘ksiyotganlarini va 14 foiz aholi his-tuyg‘ularida betaraf qolganini ko‘rsatdi", deb ta'kidlab o‘tildi telekanalda.

Mavzu
Brexit jarayoni
Mey Bryusselni Brexit boshlanganligi haqida xabardor etuvchi maktubni imzoladi
Barchasi
Mavzuga oid
Top