Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev Putindan Shavkat Mirziyoyevga salom yo‘lladi
Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedevning ishonch bildirishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga davlat tashrifi chog‘ida imzolanishi kutilayotgan hujjatlar ikki mamlakat hamkorligiga sezilarli turtki beradi.
"Bizning siz bilan qisqagina bo‘lsa-da uchrashuvimiz davlat tashrifiga tayyorgarlik jarayonidagi joriy masalalarni muhokama qilishga qaratilgan. Ayniqsa, mazkur tashrif davomida turli yo‘nalishlar bo‘yicha katta miqdorda hujjatlar imzolanishi kutilmoqda", - degan Medvedev O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan o‘tkazgan muzokaralarda.
"Ular sifatli bo‘lishi lozim, bo‘lajak kelishuvlar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikka sezilarli ravishda turtki bersin, ular kelgusidagi savdo-iqtisodiy sohalar va o‘zaro manfaatli boshqa sohalarda do‘stona munosabatlarni o‘rnatishga poydevor bo‘lsin", - deb qayd etgan Medvedev.
Rossiya Bosh vazirining ta'kidlashicha, mamlakatlar o‘rtasida "har doim do‘stona hamkorlik aloqalari bo‘lgan". "Biz bu munosabatlar jadal sur'atlar bilan olg‘a rivojlanishidan manfaatdormiz", - degan Rossiya hukumati rahbari.
Rossiya Vazirlar mahkamasi raisi "Shavkat Mirziyoyevga Rossiya prezidentining samimiy salomi va tilaklari"ni yetkazdi. "Biz uni davlat tashrifi bilan kutmoqdamiz", - degan Medvedev.
Mavzuga oid
06:00
Prezident ikki tomonlama hujjatlarni imzolashga bag‘ishlangan marosim va qo‘shma loyihalar taqdimotida ishtirok etdi
05:55
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida investitsiya platformasi tashkil etiladi
05:43
Shavkat Mirziyoyev AQSh savdo vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
21:26 / 18.02.2026