Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung do‘konida Galaxy S8 taqdimotidan bir kun avval yong‘in yuz berdi
Samsung’ning Singapurdagi do‘konida Galaxy S8 smartfoni taqdimotidan bir kun avval yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda Channel News Asia xabar bermoqda.
Do‘kon joylashgan AMK Hub savdo markazi rahbariyati yong‘in qo‘shimcha xonada yuzaga kelgani hamda uni bir necha daqiqa davomida o‘chirishganini xabar qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi, Samsung do‘koni bir qancha muddatga yopib qo‘yiladi. Janubiy Koreya kompaniyasida ta'kidlashlaricha, ayni damda qancha miqdorda zarar yetgani va voqeaga nima sabab bo‘lgani yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Avvalroq KGI Securities tahlilchilari Samsung Galaxy S8 sotuvlari yangi iPhone sabab yaxshi ko‘rsatkichni qayd eta olmasligini taxmin qilishgandi.
Mavzuga oid
14:36 / 18.02.2026
Sergelida Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi
09:03 / 18.02.2026
Yunusobod tumanidagi uyda yong‘in sodir bo‘ldi
20:20 / 17.02.2026
Toshkentda yuz bergan yong‘inda ayol va ikki bola halok bo‘ldi
09:09 / 17.02.2026