Shavkat Mirziyoyev «Gazprom» rahbarini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 mart kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksey Millerni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida neft-gaz sohasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik yuksak darajada rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Bugungi kunda dunyodagi yetakchi energetika kompaniyalaridan biri bo‘lgan «Gazprom» O‘zbekistonda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, tabiiy gazni eksportga yetkazib berishda faol ishtirok etmoqda.
Rossiyaning ushbu kompaniyasi bilan hamkorlikda Ustyurtda o‘tkazilgan keng ko‘lamli geologiya-qidiruv tadqiqotlari natijasida "Jyel" gaz kondensati koni ochildi. "Shaxpaxti" koni birgalikda o‘zlashtirilmoqda. Hozirgacha u yerdan 3,5 milliard kub metr gaz qazib olingan.
Bundan tashqari "Gazprom" Hisor hududida konlarni o‘rganish va o‘zlashtirish, qo‘shimcha neft gazlarini utilizatsiya qilish, shuningdek, mamlakatimizning tarmoqdagi yetakchi loyiha instituti bo‘lgan "O‘zLITIneftgaz» faoliyatini rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirishda ham ishtirok etmoqda.
Uchrashuvda O‘zbekistonda neft-gaz sohasini rivojlantirish, jumladan, 2017-2021 yillarda uglevodorod qazib olishni ko‘paytirish dasturi doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqildi.
Mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
"Gazprom" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksey Miller Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul va hamkorlikdagi loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi, O‘zbekiston Respublikasi bilan keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta'kidladi.
Mavzuga oid
09:00 / 04.10.2024
«Gazprom» Rossiyada eng zarar ko‘rgan kompaniyalar ro‘yxatini boshqaryapti
07:30 / 30.09.2024
«Gazprom neft» O‘zbekistonda yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurishi mumkin
21:08 / 26.09.2024
«Gazprom» Rossiyaning serdaromad kompaniyalari ro‘yxatidan tushib ketdi
20:34 / 29.08.2024