09:34 / 29.03.2017
8396

Ummon Butan darvozasiga 14 ta javobsiz gol kiritdi

Ummon terma jamoasi 2017 yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichining 3-turida o‘z maydonida Butan terma jamoasini 14:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ummonliklar yarim himoyachisi Abdulaziz Al Makbali mehmon jamoa darvozasiga 6 ta gol kiritdi va ulardan 4 tasini 1-bo‘limdayoq amalga oshirdi. Uning jamoadoshi, hujumchi Xolid Al Hajriy 4 ta gol muallifiga aylandi. 

Ushbu g‘alaba Ummon uchun uning tarixidagi eng yirik g‘alaba bo‘ldi. Butan esa, aksincha, bundan yirikroq hisoblarda mag‘lub bo‘lgan paytlari ham bo‘lgan. 2000 yilda butanliklar Kuvayt terma jamoasi bilan uchrashuvda o‘z darvozalaridan 20 marta to‘p olib chiqishlariga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga oid
Top