Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya Mehnat vazirlari muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov Moskvada Rossiya Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya Mehnat vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Tomonlar uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida monitoring tartibiga doir hujjatni imzolashdi. U 1994 yil 9 sentabrda ikki mamlakat o‘rtasidag bitimga muvofiq, mehnat majburiyatlarini bajarayotgan vaqtda yetkazilgan talofat, sog‘liqqa doir zararlarni o‘zaro tan olishni ko‘zda tutadi.
Monitoring O‘zbekiston va Rossiya hududida doimiy ravishda istiqomat qilib, Kelishuvning 2- va 3-moddalariga muvofiq sug‘urta ta'minotiga ega kishilarga nisbatan qo‘llaniladi.
Maksim Topilinning aytishicha, monitoring mehnat faoliyatini olib borayotgan vaqtda jabrlanganlarga o‘z vaqtida tovon pullarini to‘lash imkonini beradi.
Bundan tashqari, vazirlar O‘zbekiston va RF o‘rtasida o‘zbekistonliklarni Rossiyada mehnat faoliyatiga tashkillashtirilgan holda amalga oshirish masalasini ham muhokama qilishgan.
Hujjat mehnat munosabatlari va ijtimoiy sug‘urta masalalarini muvofiqlashtiradi. Tomonlar ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishgan.
Mavzuga oid
08:41
Rossiya: Ukrainadagi xorijiy qo‘shinlar - “qonuniy harbiy nishonlar”
08:26
Rossiya armiyasi tunda Kiyev va Lvivga hujum qildi: halok bo‘lganlar bor
22:43 / 08.01.2026
Iroq «Lukoyl»ning eng yirik xorijiy aktivini milliylashtiradi
14:59 / 08.01.2026