14:07 / 30.03.2017
7090

«Chelsi» Azarni tarkibda olib qolishning yo‘lini topdi

«Chelsi» belgiyalik yarim himoyachisi Eden Azarga u klubda qolishi uchun katta maosh to‘lashga tayyor.

Bundan avvalgi xabardarda «Real» Azarning transferi uchun 100 million funt sarflashga tayyorligi aytilgandi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, «Chelsi» esa yetakchisini saqlab qolish uchun unga 300 ming funt miqdorida haftalik maosh tayinlashga tayyor.  Azar hozirgi shartnomaga ko‘ra haftasiga 200 ming funt oladi. 2015 yilning fevralida u «Chelsi» bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytirgandi.

Top