17:26 / 30.03.2017
4260

"Global energiya" Xalqaro energetika mukofoti g‘oliblari nomi e'lon qilindi

Amerikalik ishbilarmon, SpaceX va Tesla Motors rahbari Ilon Mask "Global energiya" Xalqaro energetika mukofotining ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqida "Global energiya" assotsiatsiyasi saytida ma'lum qilindi

Ro‘yxatga shuningdek AQSh, Rossiya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya va Shveytsariyadan 9 nafar olim ham qo‘shildi. "Ro‘yxat quyidagilardan iborat: Darendra Yogi Gosvami (AQSh), Mixael Grettsel (Shveytsariya), Igor Grexov (Rossiya), Martin Grin (Avstraliya), Mateo Kortes (Ispaniya), Ilon Mask (AQSh), Yuriy Oganesyan (Rossiya), Viktor Orlov (Rossiya), Genri Sneyt (Velikobritaniya), Gans Yoaxim Shellnxuber (Germaniya)", - deyiladi xabarda. 

Xalqaro energetika mukofotining XV, yubiley davrasida sovrin uchun kurashda jami 31 mamlakatdan 186 nafar olim ishtirok etgan. 

Sovrindorlar nomi 6 aprel kuni matbuot anjumanida e'lon qilinadi. Marosimda "Global energiya" mukofotini topshirish bo‘yicha Xalqaro qo‘mita raisi, 2007 yilgi Nobel mukofoti sovrindori Rodney Allam, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha Xalqaro agentlik bosh direktori Adnan Amin va "Global energiya" assotsiatsiyasi prezidenti Igor Lobovskiy qatnashadi. 

"Global energiya" mukofoti - energetika sohasidagi ilg‘or tadqiqotlar va ilmiy-texnik ishlanmalar uchun beriluvchi mustaqil xalqaro mukofot. Mukofotni topshirish marosimi an'anaga ko‘ra, Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumi doirasida, 2017 yilning 1-3 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Mukofot 2002 yili ta'sis etilgan. Uning yillik mukofot fondi 39 million rublni tashkil qiladi. Bugungi kunga qadar 34 nafar olim ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan.

Mavzuga oid
Top