23:01 / 30.03.2017
6285

Golf koptokchasi bilan ham bouling o‘ynash mumkin ekan (video)

Janubiy koreyalik ayol golfchi Ming Kim golf klyushkasi va koptokchasi bilan bouling partiyasi o‘ynadi. Sportchi bu antiqa holatning videosini Instagram’da joylashtirdi.

Golfchi birinchi zarbasi bilanoq straykka erishdi, ya'ni barcha 10 ta keglini urib tushirdi. Sportchi keyingi urinishda 9 ta keglini urib tushira oldi. 

Ming Kim ayni vaqtda ayol golfchilar jahon reytingida 50-o‘rinni egallamoqda. Undan tashqari yana 22 janubiy koreyalik ayol golfchi ushbu reytingning yuqori elliktaligiga kiradi.

Mavzuga oid
Top