Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 400 million kishi qashshoqlikda yashashi aniqlandi
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida taxminan 400 mln inson yoki har o‘ninchi kishi qashshoqlikda kun kechirmoqda. Bu haqda BMT Iqtisodiy hamda ijtimoiy komissiyasining Osiyo va Tinch okeani uchun hisobotida aytiladi.
Komissiya ma'lumotlariga ko‘ra, har kuni qashshoqlik muammosiga duch keluvchilarning to‘rtdan bir qismi mintaqaning rivojlanayotgan davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. "Hisobotda ko‘rsatilganidek, ijtimoiy shartnomalar tizimining tiklanishi va mustahkamlanishi qashshoqlikni yo‘q qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega", - dedi komissiya ijrochi kotibi Shamshod Axtar.
Hujjatda aytilishicha, bu muammoni hal qilishda “hududlar urbanizatsiyasi (jamiyat rivojlanishida shaharlar rolining oshish jarayoni), shaharning qashshoq tumanlarida boshqaruv samaradorligini oshirish, infratuzilmaga sarmoyalar” kabi mexanizmlar katta o‘rin tutadi. Osiyo taraqqiyot bankiga ko‘ra, har yili Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlariga “iqlim o‘zgarishiga bardosh beruvchi infratuzilmaga sarmoya sifatida 1,7 trln dollar talab etiladi”.
Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy hamda ijtimoiy komissiyasi – BMTning yirik mintaqaviy komissiyasi bo‘lib, Osiyo-Tinch okeani davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga ko‘mak berish masalalari bilan shug‘ullanadi. Unga 53 davlat a'zodir. Kommissiya qarorgohi Tailand poytaxti Bangkokda joylashgan.
Mavzuga oid
12:15 / 19.12.2025
BMT Bosh Assambleyasi Ukrainadagi RF harakatlari haqidagi rezolyutsiyani yangiladi
17:42 / 18.12.2025
O‘zbek migrantlari: ularning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni qay darajada katta?
21:24 / 17.12.2025
Ehtiyojmand oilalarning uchta toifasini jamlovchi yagona reyestrga o‘tiladi
21:14 / 15.12.2025