Uyda pilla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchilar daromad solig‘idan ozod etiladi

Foto: O‘zA
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi.
Qarorga ko‘ra 2023 yil 1 yanvargacha ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish, pillani yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlash, tayyor ipak mahsulotlar hamda pillachilik tarmog‘i uchun yordamchi materiallarni (sun'iy pilla o‘rash dastalari) ishlab chiqarishdan olinadigan daromadlar – yuridik shaxslarning yagona soliq to‘lovini to‘lashdan; “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar hamda ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish, pillani tayyorlash va qayta ishlash tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan pilla yigirish va ipak gazlama to‘qish dastgohlarining ehtiyot qismlari, tut daraxti ko‘chatlari, ipak qurtining superelita, elita va sanoat urug‘lari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.
Uy sharoitida tirik pilla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi (kasanachi)lar – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashdan ozod etiladi. Shuningdek pilla yetishtiruvchi tashkilotlar – pilla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi kasanachilar va boshqa ishchi-pillakorlar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lari bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovdan ozod etilsin va bundan bo‘shagan mablag‘lar kasanachilar va ishchi-pillakorlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Mehnat vazirligining pillachilikni, pillachilik tarmog‘i ishchilari va tirik pilla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi kasanachilarni qonun hujjatlarida tasdiqlangan to‘liq bir mavsum ishlangan davrlari ularga pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o‘tadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.
Mavzuga oid

17:15 / 06.05.2025
“Buning gashti bor”: uyida ipak qurti boqayotgan oqbo‘yralik oila

11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti

21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi

09:04 / 30.04.2024