12:29 / 31.03.2017
20271

«Bunyodkor»ning barcha futbolchilari oyligi Jyeparovning bir oylik maoshiga teng ekani aytildi

«Bunyodkor» bosh murabbiyi Sergey Lushchan jamoadagi muammolar haqida gapira turib, klub jamoada yetakchilik qilishi mumkin bo‘lgan Server Jyeparov kabi futbolchini sotib ololmasligini aytdi.

«Yetakchi? Agarda maydonda har uchta to‘p uzatmadan keyin adashaversang, xatolarga yo‘l qo‘yaversang, qanday qilib yetakchi bo‘lasan? Yetakchi bu maydonda deyarli xato qilmaydigan, jamoani o‘z ortidan ergashtira oladigan futbolchi bo‘ladi. Bizda bu kabi futbolchi yo‘q! Adashmasam, buni uchinchi yildirki qaytaryapman. Avval Qosimov bo‘lardi, ammo hozir bizda Mirjalol yo‘q.

Jyeparovni taklif etish kerak? Nimalar deyapsiz, uning bir oylik maoshini bizda butun jamoa oylik qilib oladi. Agarda yarim oyligi bo‘lmasa...

Jyeparov boy inson, u  o‘ziga shuni ep ko‘ra oladi. Chunki u kuchli futbolchi. Buni isbotlagan va bugun topayotgan pullariga peshona teri bilan erishgan», degan Lushchan.

Top