07:57 / 31.03.2017
9355

Texnika inqilobi. SpaceX tarixda ilk bor avval koinotga uchirilgan raketani qayta uchirdi

Falcon 9 raketasi avval ishlatilgan birinchi bosqichi bilan AQShning Florida shtatida joylashgan Kanaveral burnidan havoga ko‘tarildi. Raketa orbitaga SES-10 telekommunikatsion sun'iy yo‘ldoshini olib chiqishi kerak. Bu koinotda avval bo‘lgan raketaning birinchi qayta parvozidir. Raketa yaratuvchisi SpaceX kompaniyasi bu tarixiy voqeani jonli tarzda namoyish qildi.

Raketa Kanaveral burnida joylashgan kosmodromning 39A parvoz maydonchasidan Toshkent vaqti bilan soat 03.27da parvozni amalga oshirdi. Raketa-tashuvchining birinchi bosqichi 2016 yil bahorda Xalqaro koinot stansiyasiga Dragon yuk kemasini yetkazishda ishlatilgan.

AQShning SpaceX kompaniyasi raketaning ishlatilgan birinchi bosqichi Yerga qaytarilib, so‘ngra yana koinotga uchirilishi ta'minlanadigan texnologiya ustida bir necha yil davomida ishlagan. 

 

Mavzuga oid
Top