16:24 / 31.03.2017
9286

Qirg‘izistonda may oyining 5 kuni dam olish kuni bo‘lishi mumkin

Qirg‘izistonda may oyida beshta dam olish kuni bo‘lishi mumkin. “Dam olish kunini ko‘chirish” haqidagi qaror loyihasi qirg‘iz hukumati saytida muhokamaga qo‘yildi. 

Xususan, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanish maqsadida 13 maydagi dam olish kunini 8 may kuniga ko‘chirish taklif etilmoqda. Bu faqatgina besh kunlik ish haftasida hamda ikki kunlik dam olish bilan ishlaydigan tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga tegishli.

Shu tariqa, qirg‘izistonliklar besh kun – 5-9 may kunlari hordiq chiqarishlari mumkin. Shanba, 13 may kuni esa ish kuniga aylanadi.

Ma'lumot uchun, 5 mayda Qirg‘izistonda Konstitutsiya kuni nishonlansa, 9 may – G‘alaba kuni. Bundan tashqari, dushanba, 1 may (Mehnatkashlar kuni) ham dam olish kuni hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top