21:58 / 31.03.2017
4828

Tereza Mey Shotlandiya bo‘yicha referendum o‘tkazish talab qilingan maktub oldi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjyendan Shotlandiyaning mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkazish talab qilingan maktub oldi. Bu haqda Sky News telekanali xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, Sterjyen shu tariqa referendum masalasi bo‘yicha muhokamani boshlash haqida rasmiy talab bildirgan.   

Britaniya hukumatida referendumning o‘tkazilishi bemavrid deb atalganiga qaramasdan, Sterjyen bu masala bo‘yicha muzokaralarni yaqinlashtirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqchi.

Shotlandiya parlamenti mamlakatning mustaqilligi bo‘yicha referendum 2018 yil oxirida yoki 2019 yilda – Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish shartlari ayonroq bo‘lganda o‘tkazilishini ma'qullagan.  

Top