12:52 / 31.03.2017
16576

O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

O‘zbekiston va Tailand terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilingan. Bu haqda SA internet-nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra,  Tailand o‘yinni Bangkokda o‘tkazish taklifi bilan chiqqan O‘FF esa o‘yinni Toshkentda o‘tkazishni istagan. Natijada ikki tashkilot o‘rtasidagi kelishuv bekor bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, FIFA rasmiy sayti ma'lumotiga ko‘ra mazkur uchrashuv 6 iyun kuni bo‘lib o‘tishi belgilangandi.

Mavzuga oid
Top