Rossiya Özbekiston bilan bojsiz neft yetkazib beriş böyiça muzokaralar ötkazdi. Gap yiliga 200 ming tonna Rossiya neftini yetkazib beriş haqida bormoqda. Bu, asosan, «Lukoyl» kompaniyasining xom aşyosi böladi. Rossiyaning «Izvestiya» gazetasi muzokaralar jarayonidan taniş ikki manbasiga asoslangan holda şu haqda yozmoqda.
Avvalroq, ya'ni ötgan yil oxirlarida Özbekiston hukumati Omsk–Pavlodar–Çimkent–Zafarobod magistral quvuri orqali bojsiz neft yetkazib berilişini söragan, biroq, Rossiya rahbariyati texnik imkoniyat mavjud emasligini aytgandi. Qozoğiston tranzit borasida öz yordamini taklif qilganidan söng, muzokaralar davom etdi.
«Özbekistonga neft yetkazib berişdan manfaatdor tomon «Lukoyl»dir, asosan uning xom aşyosi uşbu respublikaga yetkaziladi», — deya izohlagan manba.
Boşqa bir manba, neft eksportida «Gazprom neft», «Russneft» va «Rosneft» kompaniyalari ham iştirok etişi mumkinligi, bunda «Rosneft»ning Xitoyga neft yetkazib beriş böyiça majburiyatlari inobatga olinişi haqida söz yuritgan.
Biroq, hozirça, «Lukoyl» matbuot xizmati Özbekistonga neft yetkazib beriş böyiça ariza topşirgani yoki yöqligi va uning hajmi qança bölişi haqidagi savollarga izoh bermagan.
«Gap, yiliga unça katta bölmagan miqdor, 200 ming tonna neft haqida bormoqda», - degan muzokaralar jarayonidan xabardor manba.
Ammo, Rossiya energetika vazirligi bu raqamni tasdiqlaganiça yöq.
«Rossiyadan Özbekistonga bojsiz neft yetkazib beriş borasida muzokaralar davom etmoqda. RF hukumati topşiriğiga köra, masala yeçimi muhokama qilinmoqda», - deyişgan Energetika vazirligida.
Bu masalaning yeçimi sifatida Rossiya neftining Qozoğiston orqali tranzit qilinişi aytilmoqda. «KazMunayGaz» milliy neftgaz kompaniyasi Rossiya neftini Özbekistonga tranzit qiliş imkoniyatini körib çiqişga tayyor. Qozoğiston energetika vaziri Kanat Bozumabayev Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning uşbu respublikaga taşrifi çoğida şuni ma'lum qilgandi. Taşrif yakunlari böyiça, tomonlar neft quvuridan xom aşyo importini yölga qöyişda foydalanişga kelişib olişgandi. «Özbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi raisi Alişer Sultonov şu haqda bayonot bergandi.
Bugungi kunda Özbekiston janubi-ğarbiy neft konlarida 3 mln tonna atrofida neft qazib olinadi. Mamlakatdagi 3ta neftni qayta işlaş zavodida esa 11 mln tonnaga yaqin xom aşyoni qayta işlaş imkoni mavjud. Neft mahsulotlari iste'moli yiliga 3,5 mln tonnani taşkil etadi.













