Milliy matbuot markazida «Matbuot tarqatuvçi» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan vaqtli matbuot naşrlarini aholiga tez va sifatli yetkazib beriş böyiça belgilangan çora-tadbirlar, muammo va yeçimlarga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Sönggi yillarda kompaniya faoliyatini yanada takomillaştiriş, vaqtli matbuot naşrlarini iste'molçiga tez va sifatli yetkazib beriş maqsadida qator işlar amalga oşirildi. 

– Tizim korxonalaridagi mavjud «Matbuot» kiosklarining aksariyati joriy va kapital ta'mirlandi, – deydi «Matbuot tarqatuvçi» aksiyadorlik kompaniyasi boş yurist-konsultanti Alişer Qosimov. – Marketing tadqiqotlariga asosan aholi gavjum joylarga 153 hamda poytaxtimizning markaziy köçalariga yangi tipdagi 98 kiosk joylaştirildi. Avtomaşinalar ta'mirlanib, 49 yangi avtotransport vositasi xarid qilindi. Joriy yil uçun obunani rasmiylaştiriş va yetkazib beriş xarajatlari böyiça tariflar sezilarli darajada pasaytirildi, ba'zi naşrlar, xususan, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega va bolalar uçun naşrlarga imtiyozlar qöllanildi. 

Akmt.uz veb-saytida obuna katologining elektron körinişi joylaştirilgan bölib, internet tarmoği orqali ham davriy naşrlarga obuna yölga qöyilgan. Hozir mazkur xizmat turi yanada takomillaştirilmoqda. 

Şu bilan birga, qayd etilişiça, bugungi kunda «Matbuot» kiosklarining 700 ga yaqini tölov terminallari bilan ta'minlanmagani uçun yopib qöyilgan. Ularning aksariyatida yangi xizmat turlari, xususan, internet hamda xalqaro telefon sözlaşuv kartalari, uyali aloqa telefonlariga tölov kartalari sotuvi, telefon-faks va nusxa köpaytiriş xizmatlari yölga qöyilmagan. 

Matbuot anjumanida ana şu singari kamçiliklar va ularni bartaraf etiş borasida qilinayotgan işlar haqida fikr yuritildi.