19:48 / 01.04.2017
13954

OAV: IShID yetakchisi al-Bag‘dodiyning o‘rinbosari o‘ldirildi

Foto: RIA

IShID terrorchilik guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘rinbosari – Oyad al Jumaili o‘ldirildi. Bu haqda Iroq davlat televideniyesi mamlakat harbiy razvedkasiga asosan xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda Reuters.

Xabar qilinishicha, televideniye Oyad al Jumailining o‘limi haqida hech qanday tafsilotlarni keltirmagan.

Avvarolroq OAV IShID terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy Iroq sahrolarida yashiringan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid
Top