22:45 / 01.04.2017
6445

Rus shoiri Yevgeniy Yevtushenko vafot etdi

1 aprelda rus shoiri Yevgeniy Yevtushenko AQShda 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning rafiqasi Mariya Novikova ma'lum qilgan. 

"U bir necha daqiqa avval yaqinlari qurshovida vafot etdi. Tinch, uyquda, yuragi to‘xtashdan", deb aytgan shoir bevasi.

Novikova shoirning dafn etilishi sanasi haqidagi savolga javob bermagan. "Kechirasiz, hech kimga hech qanday izoh bera olmayman", deb aytgan ayol.

Shoir bir kun avval og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgandi.

Yevtushenko 1932 yilda Rossiyaning Irkutsk viloyatida dunyoga kelgan. U 19 ta, jumladan "Babiy Yar", "Korrida", "Pod kojyey statui Svobody" kabi poemalar muallifi. U rejissyor, ssenariynavis, publitsist va aktyor kabi ham tanilgan. Shoir 1991 yilda Oklaxoma shtati universiteti bilan muallimlik qilish bo‘yicha shartnoma tuzgandan keyin AQShda oilasi bilan yashab kelgan.

Top