14:50 / 01.04.2017
12326

"Uzbek Tigers" bosh murabbiyi finalda "Astana Arlans"ga qarshi ringga chiqish tarafdori

Kuni kecha Grand Mir Hotel mehmonxonasida "Uzbek Tigers" - "Astana Arlans" jangi oldidan jamoalarning qo‘shma matbuot anjumani va bokschilar vaznini o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar qilingan edi. Unda o‘zbekistonlik bokschilar bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev ham bo‘lajak uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. 

"Biz raqibning kimligiga qarab alohida tayyorgarlik ko‘rmaymiz. O‘ylaymanki, ertaga yigitlarimiz eng zo‘r janglarini o‘tkazadi hamda muxlislarimizni xursand qila olamiz", - degan bosh murabbiy. 

U, shuningdek, finalda ham "Astana Arlans" bilan uchrashish istagi xususida berilgan savolga javob berar ekan, voqealar jarayonining bunday yakunlanishiga qarshi emasligini ta'kidlagan. 

O‘z o‘rnida qozog‘istonlik bokschilar murabbiyi ham o‘zbek hamkasbining bunday taklifiga qo‘shilishini aytib o‘tdi.

Mavzuga oid
Top