12:50 / 01.04.2017
17098

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e'lon qildi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlarni “Afrosiyob” elektropoyezdi vagon kuzatuvchisi lavozimiga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e'lon qildi.

Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar oliy yoki o‘rta maxsus ma'lumotga ega bo‘lishi, o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilishi, bo‘yi 165 sm.dan kam bo‘lmasligi lozim.

Tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar o‘zlariga tegishli bo‘lgan quyidagi hujjatlarni taqdim etishi so‘raladi: 

1. Pasport nusxa 
2. Diplom nusxa 
3. 3x4 fotosurat 
4. Umumiy ko‘rinishi aks etgan fotosurat. 

Hujjatlar joriy yilning 1 aprel kunidan 30 aprel sanasigacha qabul qilinadi. 

Manzil: Toshket shahar, Turkiston ko‘chasi 7 uy. 
Mo‘ljal: Toshkent Markaziy vokzali 
Murojat uchun telefon: 299-97-74, 299-76-57 
e-mail: l@railway.uz

Top