16:46 / 01.04.2017
19607

«Zenit-Arena»ni qullar qurishmoqda». Yevropa matbuoti navbatdagi mojaroli maqola chop etdi

Norvegiyaning Josimar jurnali «Sankt-Peterburg qullari» nomi ostida maqola chop etildi. Unda shaharda qad rostlayotgan stadion ishchilari haqida gap boradi.

Maqolada yozilishicha, Krestovskiy orolidagi stadion qurilishida shimoliy koreyalik 110 nafar mehnat muhojiri ishlamoqda. Ularning ko‘pchiligida hech qanday huquq yo‘q. Bir nafar ishchi esa vafot etgan.

Ishchilar qurilish vaqtida stadion yaqinidagi ombor konteynerlarida yashashgan. Noyabr oyida ularning biri o‘lik holda topilgan. O‘lim sababi yurak xuruji bo‘lgan. FIFA surishtiruv olib borishni va'da qilgan, ammo hozircha uning natijalarini e'lon qilmagan.

Ishchilardan biri suhbatga tortilganda, ular ertalab soat 7:00 dan tungi 00:00gacha ishlashlarini aytgan. Ularda dam olish kuni yo‘q, maoshlarining 90 foizini KXDR hukumati olishini bildirgan.

Ta'kidlanishicha, arenada KXDRda amal qilinadigan quldorlik tizimidan foydalanilmoqda. Ko‘pchilik ishchilarni o‘rtadagi vositachi firmalar bilan 10 yillik shartnomasi bor. BMT ma'lumotiga ko‘ra, mamlakat bu ishchilarning mehnati orqali yiliga 2 mlrd dollar ishlab topadi.

Mavzuga oid
Top