16:46 / 02.04.2017
44295

Dunyoning eng qimmat klubi aniqlandi. TOP-10

Tadqiqotchi markazlaridan biri dunyoning eng qimmat klublari reytingini tuzib chiqdi.

Unga ko‘ra, «Real» va «Manchester Yunayted» klublari yetakchilik qilmoqda. Har ikkala klubning narxi tashkilot tomonidan 2,9 mlrd yevroga baholangan. Uchinchi o‘rinda joylashgan «Barselona» ulardan biroz orqada bormoqda – 2,8 mlrd yevro.

Dunyoning eng qimmat klublari reytingi TOP-10ligi quyidagicha ko‘rinish olgan:

1-2. «Real» va «MYu» — 2,9 mlrd yevro 
3. «Barselona» — 2,8 mlrd yevro 
4. «Bavariya» — 2,2 mlrd yevro 
5. «Arsenal» — 1,7 mlrd yevro
6. «Manchester Siti» — 1,6 mlrd yevro
7. «Chelsi» — 1,5 mlrd yevro
8. «Liverpul» — 1,3 mlrd yevro
9. «Yuventus» — 983 mln yevro
10. «PSJ» — 843 mln yevro.

Mavzuga oid
Top