19:53 / 02.04.2017
3885

Xitoyda uy portlashi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

1 aprelda Xitoy shimolidagi turar-joy binosida portlash sodir bo‘ldi. Voqea Shansi viloyatida joylashgan Linfen shahrida yuz bergan.

Portlash oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan, ularning jasadlari qutqaruvchilar tomondan 2 aprel ertalab vayronalar ostidan topilgan. Shuningdek, 6 kishi jarohat olgan, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlashga uyda noqonuniy holda saqlangan portlovchi moddalar sabab bo‘lgan.

Top